Salom do'stlar! Har qanday bloger sayt tuzish jarayonida o'zining saytini har tomonlama chiroyli va o'quvchi uchun qulay bo'lishini istab, bir qancha shablonlarni test qilib ko’radi. 5 ta 10 ta, ba’zi hollarda undan ham ko’p shablon test qilinishi mumkin.
Oqibatda saytning boshqaruv panelining shablonlar bo’limida bir qancha keraksiz shablonlar yig’ilib qoladi:
Bu yig’ilib qolgan keraksiz shablonlarni saytingizdan o’chirib tashlash kerak, aks holda bu shablonlar saytingizda ortiqcha joyni egallab turadi. Bu esa saytingizga bergan foydasidan zarari ko’proq tegadi.
Shuning uchun ham bu keraksiz shablonlarni sayt boshqaruv panelidan ochirib yuborish kerak. O’chirib yuborish esa oddiy.
Buning uchun boshqaruv paneldan “Tashqi ko’rinish”, keyin “Shablonlar” bo’limiga kirasiz.
Bu yerda sichqonchani o’sha keraksiz shablon ustiga olib borsangiz, shablon yuzi bir oz xiralashadi va “Shablon ma’lumotlar” degan yozuvli tugma payda bo’ladi.
Yozuv ustiga bossangiz yangi sahifacha ochiladi, manabunday:
Va bu yerda (Yuqoridagi rasmda) 1 raqami bilan ko’rsatilgan “O’chirish” tugmasiga bossangiz yuqoridagi 2 raqami bilan ko’rsatilgan oynacha ochiladi. “Ok” tugmaga bosasiz tamom. Shu bilan keraksiz shablon o’chirildi hisob.
Agar haliyam keraksiz shablonlarni qanday o’chirishni tushunmagan bo’lsangiz quyidagi videodan ko’rib o’rganib, saytingizni har qanday chiqindilardan tozalab oling.
O’ylaymizki, hammasi tushunarli bo’ldi va siz saytingizni tozalab chiqdingiz.
Maqola so’ngida sizdan so’ramoqchi edim, Siz o’zingizning ideal shabloningizni topguncha nechita shablonlarni test qilib ko’rdingiz? Faqat -to’g’risini ayting!